Eron bilan öyindan söng Özbekiston FIFA reytingida neça ball oldi?
Keça, 24 sentyabr kuni Özbekiston milliy terma jamoasi Farğonadagi “Istiqlol” stadionida Eron milliy terma jamoasini 3:1 hisobida mağlubiyatga uçratdi.
Özbekiston terma jamoasining 3:1 hisobidagi ğalabasi FIFA reytingida rasman qayd etildi. Mazkur ğalabadan söng Özbekiston terma jamoasiga reytingda 6,83 oçko qöşildi. Natijada “oq borilar” FIFA onlayn reytingida bir poğona yuqorilab, 59-poğonaga çiqib oldi.
Avvalroq, FIFA’ning rasmiy saytida Özbekiston terma jamoasining uşbu yiğin davri uçun faqat 6 oktyabr kuni Janubiy Koreyaga qarşi uçraşuvi körsatilgan edi.
Endilikda esa 3:1 hisobidagi ğalaba ham FIFA reyestriga kiritildi va reytingiga 6,83 oçko qöşildi. Eron milliy terma jamoasi esa 6,83 oçko yöqotdi.
Malumot uçun, Fabio Kannavaro boşçiligidagi Özbekiston milliy terma jamoasi Eron bilan öyindan söng joriy yilning 1 oktyabr kuni Toşkentda Suriya bilan va 6 oktyabr kuni safarda Janubiy Koreyaga bahs olib boradi.