USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rasuljon Abdurahimov Osiyo öyinlarining bronza medalini qölga kiritdi

68 марта
Расулжон Абдураҳимов Осиё ўйинларининг бронза медалини қўлга киритди

Bugun, 25 sentyabr kuni Yaponiyaning Ayçi-Nagoya şaharlarida ötayotgan Osiyo öyinlarining 6-kuni doirasidagi bahslar davom etmoqda. Kun doirasidagi sport gimnastikasi bahslarida Özbekiston delegatsiyasi navbatdagi bronza medalga ega çiqdi.

Sport gimnastikasi böyiça Özbekiston terma jamoasi azosi Rasuljon Abdurahimov qöşpoyadagi maşqlar dasturida 14,433 ball jamğarib, uçinçi örinni egalladi va 2026 yilgi Osiyo öyinlari bronza medalini qölga kiritdi.

Şu tariqa, Rasuljon Abdurahimov Özbekiston delegatsiyasiga bugungi, 25 sentyabr kungi dasturlardagi 4-medalni olib keldi.

Hozirga kelib Özbekiston delegatsiyasining Osiyo öyinlaridagi jami medallar soni 30 taga (6 ta oltin, 15 ta kumuş va 9 ta bronza) yetdi. Ayni damda Özbekiston umumjamoa hisobida 5-örinda bormoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Osiyo öyinlarida oltin medal olgan özbekistonlik sportçilarga 25 000 AQŞ dollari miqdorda pul mukofoti berilişi haqida xabar berilgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: