USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲ USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Man Siti” 114 ta moliyaviy qoidabuzarlikda aybdor deb topildi – OAV

76 марта
“Ман Сити” 114 та молиявий қоидабузарликда айбдор деб топилди – ОАВ

“Mançester Siti” Angliya Premer-ligasining (APL) moliyaviy qoidalarini buzganlikda aybdor deb topildi. Bu haqda “The Athletic” xabar berdi.

Oşkora bayonot beriş vakolatiga ega bölmagan anonim manbalarning naşrga malum qilişiça, klub qöyilgan 115 ta ayblovning 114 tasi böyiça aybdor deb topilgan. Qayd etilişiça, jazo çoralari hozirça belgilanmagan – barça muqobil variantlar körib çiqilmoqda va “Mançester Siti” apellyatsiya berişi mumkin.

“Jarayon davom etmoqda, oldinda muhim bosqiçlar turibdi, suriştiruvning özi esa qatiy mahfiyligiça qolmoqda. Şu sababli “Mançester Siti”ning pozitsiyasi özgarişsiz qoladi va klubning 2023 yil fevral oyidagi bayonotiga mos keladi. Klub sakkiz yil davomida APL rahbariyati va ijroiya organlari noxolis tasirlardan xoli bölgan mustaqil, xolis va adolatli regulyator sifatida harakat qiladi degan işonçda belgilangan protseduralarga halollik bilan rioya qildi”, deydi “Mançester Siti” vakili.

Malumot uçun, 2023 yilning boşida APL 2018 yilda boşlangan suriştiruv natijasida klub City Football Group tomonidan 2008 yilda sotib olinganidan söng yuzdan ortiq qoidabuzarliklarni aniqlaganini xabar qilgan. Liganing etirozlari noaniq moliyaviy malumotlarni taqdim etiş, suriştiruv bilan hamkorlik qilişdan boş tortiş, jamoani Roberto Mançini boşqargan 2009-2013 yillarda murabbiylar maoşi va mukofot pullarini töliq oşkor etmaslik hamda 2013-2018 yillarda “fair play” (halol öyin) va moliyaviy barqarorlik qoidalariga rioya qilmaslik bilan boğliq. “Mançester Siti” barça ayblovlarni rad etib kelgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: