Fyuri va Joşuaning jangi 200 million dollarga baholanmoqda
Britaniyalik boksçilar Tayson Fyuri va Entoni Joşua özaro jang uçun taxminan 200 million dollarlik mablağni bölişib oladi. Bu haqda “The Athletic” xabar berdi.
Jang joriy yilning 11 dekabr kuni Uelsning Kardiff şahridagi “Millennium” stadionida bölib ötadi.
Manbaga köra, jang ötkaziladigan joy borasidagi kelişmovçiliklar tufayli muzokaralar bir neça bor barbod böliş arafasida turgan. Jangni moliyalaştirayotgan tomonlar uni Nyu-Yorkda ötkazişni istagan, Fyuri esa AQŞda jang qilişga tayyor bölgan. Biroq Joşua va uning promouteri bellaşuv Buyuk Britaniyada ötkazilişini talab qilgan.
Yakunda tomonlar Kardiff variantiga töxtalgan. Yopiq stadion dekabr oyidagi jangni ötkaziş, şuningdek, tadbirni xalqaro auditoriya uçun namoyiş etiş imkonini beradi.
Malumot uçun, 38 yoşli Tayson Fyuri professional faoliyati davomida 36 ta ğalaba, 2 ta mağlubiyat va 1 ta durang qayd etgan. Britaniyalik boksçi faoliyati davomida WBA, WBO, IBO, IBF va WBC versiyalari böyiça çempionlik kamarlariga ega bölgan. Fyuri joriy yilning iyul oyida 2026 yil boksdagi faoliyatining sönggi yili bölişini malum qilgan.
36 yoşli Entoni Joşua esa 2025 yil 29 dekabr kuni Nigeriyada ikki kişining hayotiga zomin bölgan yöl-transport hodisasidan söng yanvar oyida maşğulotlarga qaytgan. U professional boksda 30 ta ğalaba va 4 ta mağlubiyat qayd etgan. Joşua faoliyati davomida IBF, WBA, WBO va IBO versiyalari böyiça çempionlik kamarlarini qölga kiritgan.