Meksikalik boksçi jangdan keyin komaga tuşib, vafot etdi
Meksikalik boksçi Arturo Torres jangdan keyin komaga tuşganidan bir hafta ötmay, 26 yoşida vafot etdi. Bu haqda “Supreme Boxing” naşri xabar berdi.
Torres joriy yilning 19 sentyabr kuni Meksikada vatandoşi Xilberto Garsiyaga qarşi ringga çiqqan. Jang yettinçi raundda nokaut bilan yakunlangan.
Bellaşuvdan söng Torres huşini yöqotişidan oldin malum vaqt ringda qolgan. Unga tibbiy yordam körsatilib, Mexikali şahridagi şifoxonaga olib ketilgan. “The Sun” naşri xabar berişiça, şifokorlar uning miyasida qon quyilişi aniqlanganidan söng zudlik bilan operatsiya ötkazgan va boksçi komaga tuşgan.
Oqibatda, Arturo Torres keça, 25 sentyabr kuni jangda olgan jarohatlari oqibatida vafot etgan.
Malumot uçun, boksçi professional faoliyatini 2018 yil noyabr oyida boşlagan. U faoliyati davomida 15 ta ğalaba, 6 ta mağlubiyat va 3 ta durang qayd etgan.