Özbekiston delegatsiyasi rasmiylari XOQ prezidenti bilan uçraşdi
Osiyo Olimpiya kengaşi vitse-prezidenti, Özbekiston Milliy Olimpiya qömitasi (MOQ) raisi birinçi örinbosari Otabek Umarov hamda World Aquatics Ijroiya qömitasi byurosi azosi, Özbekiston Milliy Paralimpiya qömitasi raisi birinçi örinbosari Şahnoza Mirziyoyeva Ayçi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo öyinlari doirasida Xalqaro Olimpiya qömitasi prezidenti Kirsti Koventri hamda qator nufuzli xalqaro sport taşkilotlari rahbarlari bilan uçraşuvlar ötkazdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.
Muloqotlar davomida xalqaro sport hamjamiyati doirasida özaro hamkorlikni yanada rivojlantiriş, Olimpiya harakatini qöllab-quvvatlaş, sportçilar uçun munosib şaroitlar yaratiş hamda yirik xalqaro musobaqalarni yuqori saviyada taşkil etiş masalalari muhokama qilindi.
Eslatib ötamiz, ayni damda Yaponiyaning Aiçi-Nagoya-2026 şaharlarida Osiyo öyinlarida bölib ötmoqda. Unda Özbekiston delegatsiyasi 8 ta oltin, 17 ta kumuş va 9 ta bronza jami 34 ta medal bilan umumjamoa reytingida Özbekiston 4-örinda bormoqda.