Özbekiston Osiyo öyinlarining oçiliş marosimida qatnaşdi
Bugun, 19 sentyabr kuni Ayçi-Nagoya-2026 XX yozgi Osiyo öyinlarining tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi. Unda 396 nafar sportçidan iborat Özbekiston delegatsiyasi ham iştirok etdi.
XX yozgi Olimpiya öyinlari tantanali oçiliş marosimida boks böyiça jahon çempioni Törabek Habibullayev hamda qiliçbozlik böyiça Xançjou-2022 yozgi Osiyo öyinlari çempioni Guliston Perdebayeva Özbekiston delegatsiyasining bayroqdorlari böldi.
2023 yilda Xitoyning Xançjou şahrida ötkazilgan sönggi yozgi Osiyo öyinlarida Özbekiston delegatsiyasi 370 nafar sportçi sportçi bilan iştirok etgan. Özbekistonlik sportçilar musobaqada 22 ta oltin, 18 ta kumuş va 31 ta bronza – jami 71 ta medal bilan umumjamoa hisobida Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beşinçi örinni egallagan.
Hukumat qaroriga köra, 2023 yilgi yozgi Osiyo öyinlarida oltin medalni qölga kiritgan sportçilar 10 ming AQŞ dollari, kumuş medal sohibi bölganlar 5 ming dollar, bronza medal sohiblari esa 2,5 ming dollar miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlangan edi.
Malumot uçun, 2026 yilgi Osiyo öyinlari Yaponiyaning Ayti prefekturasi va Nagoya şahrida bölib ötmoqda. Musobaqaning rasmiy oçiliş marosimi bugun, 19 sentyabr kuniga, yopiliş marosimi esa 4 oktyabrga belgilangan. Biroq musobaqa reglamentiga köra, ayrim jamoaviy sport turlaridagi dastlabki uçraşuvlar rasmiy oçiliş marosimidan oldin – 10 sentyabrdan boşlangan.