Osiyo öyinlarida iştirok etadigan futbolçilar röyxati elon qilindi
Özbekiston U-23 terma jamoasi boş murabbiyi Ravşan Haydarov Aiçi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo öyinlarida iştirok etadigan futbolçilar röyxatini elon qildi. Bu haqda Özbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Terma jamoa tarkibidan 23 nafar futbolçi örin olgan. Ular orasida Belgiyaning “Antverpen” klubida töp tepayotgan Muhammadali Örinboyev ham bor.
Özbekiston U23 terma jamoasining Osiyo öyinlaridagi tarkibi:
Özbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo öyinlarining guruh bosqiçida Filippin, Quvayt va Vetnamga qarşi bahs olib boradi. Jamoa musobaqadagi birinçi uçraşuvini joriy yilning 15 sentyabr kuni Filippinga qarşi ötkazadi.
Malumot uçun, Özbekiston olimpiya terma jamoasi 2023 yil Xitoyning Xançjou şahrida bölib ötgan XIX Osiyo öyinlarida muvaffaqiyatli iştirok etib, musobaqaning bronza medallarini qölga kiritgan edi.