Bugun Özbekiston Osiyo kubogida yurişini boşlaydi
28-01-2026, 13:54
291 марта

Bugun Özbekiston Osiyo kubogida yurişini boşlaydi
Bugun, 28 yanvar kuni Özbekiston milliy terma jamoasi futzal böyiça Osiyo kubogidagi ilk uçraşuvini ötkazadi. Nodir Eliboyev şogirdlariga dastlabki turda Tojikiston terma jamoasiga raqiblik qiladi. Uçraşuv Toşkent vaqti bilan soat 17:00 da boşlanadi.Keça, 27 yanvar kuni Indoneziya poytaxti Jakarta şahrida futzal böyiça Osiyo kubogi start oldi. Özbekiston terma jamoasi “C” guruhi 1-turida Tojikistonga qarşi bahs olib borsa, navbatdagi uçraşuvlar esa joriy yilning 30 yanvar va 1 fevral kunlari Avstraliya va Yaponiya terma jamoalariga qarşi bölib ötadi.
Malumot uçun, Özbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogida uzluksiz iştirok etib kelayotgan törtta jamoadan biri hisoblanadi. Şuningdek, Eron, Yaponiya va Tailand terma jamoalari ham qita birinçiligini biror marta ham ötkazib yubormagan.
Özbekiston terma jamoasi qita birinçiligi tarixida tört bor finalgaça yetib borgan va tötr marta kumuş medallarga sazovor bölgan. Şuningdek, 6 marta bronza medalini qölga kiritgan.