USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekiston Osiyo öyinlarida neçta sportçi bilan qatnaşişi malum böldi

113 марта
Ўзбекистон Осиё ўйинларида нечта спортчи билан қатнашиши маълум бўлди

2026 yilda Yaponiyada bölib ötayotgan Osiyo öyinlarida Özbekiston delegatsiyasi 396 nafar sportçi bilan qatnaşadi. Bu körsatkiç bilan Özbekiston barça mamlakatlar orasida iştirokçilar soni böyiça 11-örinni egalladi.

2026 yilgi Osiyo öyinlarida delegatsiyalar tarkibi böyiça eng köp sportçi bilan iştirok etayotgan 11 ta davlat quyidagiça:

  • Yaponiya – 931 nafar sportçi
  • Xitoy – 815 nafar
  • Janubiy Koreya – 791 nafar
  • Tailand – 694 nafar
  • Gonkong – 581 nafar
  • Qozoğiston – 558 nafar
  • Hindiston – 504 nafar
  • Tayvan – 481 nafar
  • Filippin – 452 nafar
  • Indoneziya – 436 nafar
  • Özbekiston – 396 nafar.

2023 yilda Xitoyning Xançjou şahrida ötkazilgan sönggi yozgi Osiyo öyinlarida Özbekiston delegatsiyasi 370 nafar sportçi sportçi bilan iştirok etgan. Özbekistonlik sportçilar musobaqada 22 ta oltin, 18 ta kumuş va 31 ta bronza – jami 71 ta medal bilan umumjamoa hisobida Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beşinçi örinni egallagan.

Hukumat qaroriga köra, 2023 yilgi yozgi Osiyo öyinlarida oltin medalni qölga kiritgan sportçilar 10 ming AQŞ dollari, kumuş medal sohibi bölganlar 5 ming dollar, bronza medal sohiblari esa 2,5 ming dollar miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlangan edi.

Malumot uçun, 2026 yilgi Osiyo öyinlari Yaponiyaning Ayti prefekturasi va Nagoya şahrida bölib ötmoqda. Musobaqaning rasmiy oçiliş marosimi bugun, 19 sentyabr kuniga, yopiliş marosimi esa 4 oktyabrga belgilangan. Biroq musobaqa reglamentiga köra, ayrim jamoaviy sport turlaridagi dastlabki uçraşuvlar rasmiy oçiliş marosimidan oldin – 10 sentyabrdan boşlangan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: