2025 yilda öqiş uçun Özbekistonga eng köp hindistonliklar keldi
30-01-2026, 20:42
114 марта

2025 yilda öqiş uçun Özbekistonga eng köp hindistonliklar keldi
2025 yilda jami 39,7 ming nafar çet el fuqarolari öqiş maqsadida Özbekistonga kelgan. Bu haqda Milliy statistika qömitasi xabar berdi.Bu körsatkiç ötgan yilning mos davri bilan soliştirilganda 58,2 foizga oşgan.
2025 yilda Özbekistonga öqiş maqsadida kelgan çet el fuqarolari soni mamlakatlar böyiça quyidagiça:
- Hindiston – 17 241 nafar;
- Turkmaniston – 9 349 nafar;
- Tojikiston – 2 904 nafar;
- Pokiston – 1 779 nafar;
- Xitoy – 1 428 nafar;
- Janubiy Koreya – 917 nafar;
- Qirğiz Respublikasi – 912 nafar;
- Misr – 893 nafar;
- Filippin – 745 nafar;
- AQŞ – 482 nafar;
- Boşqa davlatlar – 3 011 nafar.