Messining Argentina MTJdagi xayrlaşuv öyini çiptalari 2 soatda sotildi
Lionel Messining Argentina terma jamoasi safidagi xayrlaşuv öyini uçun barça çiptalar ikki soatda sotilib ketdi. Bu haqda “TNT Sports Argentina” naşri xabar berdi.
Naşr malumotiga köra, Argentina terma jamoasi joriy yilning 6 oktyabr kuni Buenos-Ayresdagi “El Monumental” stadionida Beninga qarşi bahs olib boradi. Mazkur stadion 85 ming tomoşabinni siğdira oladi.
Lionel Messi Argentina terma jamoasidagi debyutini 2005 yilda ötkazgan. 39 yoşli hujumçi milliy jamoa safida 207 ta uçraşuvda maydonga tuşib, 125 ta gol urgan va 68 ta golli uzatmani amalga oşirgan.
Joriy yilning avgust oyining oxirida Messi xalqaro faoliyatini yakunlaşga qaror qilganini malum qilgan edi. Şu sababli Beninga qarşi uçraşuv uning Argentina terma jamoasi safidagi sönggi öyini böladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Fabio Kannavaro Lionel Messi sabab Özbekiston milliy terma jamoasining Argentina bilan öyini bekor qilingani malum qilgandi. Kannavaroning aytişiça, Messi terma jamoadagi faoliyatini yakunlaşi sabab Şimoliy amerikaliklar joriy xalqaro tanaffusdagi uçraşuvlarni öz mamlakatida ötkazişga qaror qilgan.