Messi Argentinada xayrlaşuv uçraşuvini ötkazadi
Sakkiz karra “Oltin töp” sohibi Lionel Messi xayrlaşuv uçraşuvida iştirok etiş uçun Argentina terma jamoasiga çaqirildi. Bu haqda Argentina futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning 31 avgust kuni Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaşini malum qilgan edi. Argentinaliklar joriy yilning 30 sentyabr kuni Boliviya, 3 oktyabr kuni Burkina-Faso va 6 oktyabr kuni Beninga qarşi örtoqlik uçraşuvlarida maydonga tuşadi. Messi sönggi uçraşuv oldidan jamoa ixtiyoriga kelişi kutilmoqda.
“Biz dunyoning eng yaxşi futbolçisi, kapitanimiz Lionel Messini 6 oktyabr kuni Argentinada öynaşga va unga munosib xayrlaşuv marosimini taşkil etişga taklif qildik”, deydi Argentina futbol assotsiatsiyasi prezidenti Klaudio Tapia.
Malumot uçun, 39 yoşli Messi 2023 yildan buyon Şimoliy Amerika Oliy futbol ligasi (MLS) vakili “Inter Mayami” safida töp tepib kelmoqda. Yevropada esa argentinalik hujumçi Frantsiyaning “Pari Sen-Jermen” va Ispaniyaning “Barselona” klublarida öynagan.
Messi “Barselona” bilan tört marta Çempionlar ligasi, uç martadan UEFA Superkubogi va klublar örtasidagi Jahon çempionatida ğolib çiqqan.
Hujumçi 2022 yilgi Jahon çempionati ğolibi, 2014 va 2026 yillarda Jahon çempionatida ikkinçi örin sohibi, 2008 yilgi Olimpiada çempioni hamda 2021 va 2024 yillarda Amerika Kubogi ğolibi hisoblanadi.
Messi “Oltin töp” mukofotini eng köp qölga kiritgan futbolçi hisoblanadi. U Argentina terma jamoasi safida 207 ta uçraşuvda maydonga tuşib, 125 ta gol urgan. Har ikki körsatkiç böyiça ham u milliy jamoa rekordçisi hisoblanadi.