Argentinada Lionel Messi şarafiga öyinlar töxtatiladi
Argentina çempionatining barça darajalaridagi öyinlar, şuningdek, “Boka Xuniors” va “Veles Sarsfild” örtasidagi Argentina kubogi uçraşuvi Lionel Messi şarafiga 10-daqiqadan söng töxtatiladi. Bu haqda Argentina futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmatiga tayanib, “TyC Sports” telekanali xabar berdi.
Avvalroq, sakkiz karra “Oltin töp” sohibi Lionel Messi Argentina milliy terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaşga qaror qilgani haqida xabar berilgan edi. Futbolçi terma jamoa safida 10-raqamli futbolkada töp tepgan.
Şuningdek, Argentina futbol assotsiatsiyasi tomonidan Messiga bağişlangan maxsus video öyinlar boşlanişidan oldin stadionlardagi katta ekranlarda namoyiş etiladi.
39 yoşli Messi 2023 yildan buyon AQŞning MLS ligasida iştirok etuvçi “Inter Mayami” klubi safida töp tepib kelmoqda. Yevropada u Ispaniyaning “Barselona” hamda Frantsiyaning PSJ klublari şarafini himoya qilgan.
Argentinalik yulduz klublar miqyosida tört marta Çempionlar ligasi, uç martadan UEFA Superkubogi va Klublar örtasidagi Jahon çempionati ğolibi bölgan.
Malumot uçun, Messi Argentina terma jamoasi bilan 2022 yilda jahon çempioni böldi, 2014 va 2026 yillarda jahon çempionatida ikkinçi örinni egalladi. Şuningdek, u 2008 yilgi Olimpiya öyinlari çempioni, 2021 va 2024 yillarda esa Amerika kubogi ğolibi bölgan. Messi Argentina milliy terma jamoasi safida 207 ta uçraşuv ötkazib, 125 ta gol urgan. U har ikki körsatkiç böyiça ham Argentina terma jamoasi rekordçisi hisoblanadi.