Prezident Şaxmat olimpiadasi ğolib va iştirokçilarini mukofotladi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 46-Butunjahon şaxmat olimpiadasi va 3-Paraşaxmat olimpiadasi ğoliblari va iştirokçilarini mukofotladi. Bu haqda Prezident tegişli farmonni imzoladi.
Farmonga köra, ular Samarqand şahrida ilk bor ötkazilgan 46-Butunjahon şaxmat olimpiadasi va 3-Paraşaxmat olimpiadasida muvaffaqiyatli qatnaşib, özining yuksak professional mahorati, aql-zakovati, iroda va matonatini yaqqol namoyon etgani, dunyoning 200 dan ziyod davlatidan kelgan eng kuçli şaxmatçi va grossmeysterlar örtasida ğoliblikni qölga kiritib, Yangi Özbekistonning xalqaro nufuzi va şon-şuhratini oşirişga munosib hissa qöşgani, şuningdek, respublikada sportni keng ommalaştirişda şaxsiy namuna körsatib kelayotgani, yoş avlodni vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalaş, ularda milliy ğurur va vatanparvarlik fazilatlarini kamol toptiriş borasidagi katta xizmatlari uçun quyidagilar mukofotlanadi:
“Özbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan
- Muhiddin Bahodirjon öğli Madaminov – Şaxmat böyiça Özbekiston erkaklar milliy terma jamoasi azosi.
“Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan sportçi” faxriy unvoni bilan
- Nodirbek Fazliddin öğli Abdusattorov – Şaxmat böyiça Özbekiston erkaklar milliy terma jamoasi azosi;
- Şamsiddin Pulat öğli Vohidov – Şaxmat böyiça Özbekiston erkaklar milliy terma jamoasi azosi;
- Nodirbek Murodbek öğli Yoqubboyev – Şaxmat böyiça Özbekiston erkaklar milliy terma jamoasi azosi.
“Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan
- Rustam Maşrukoviç Qosimjonov – Şaxmat böyiça Özbekiston erkaklar milliy terma jamoasi boş murabbiysi;
- Samandar Nurulla öğli Şermuhammadov – Paraşaxmat böyiça Özbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi.
“Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan
- Komil Oydinoviç Sindorov – Özbekiston şaxmat federatsiyasi raisi örinbosari.
“Fidokorona xizmatlari uçun” ordeni bilan
- Javohir Sanjarbekoviç Sindorov – Şaxmat böyiça Özbekiston erkaklar milliy terma jamoasi azosi.
“Döstlik” ordeni bilan
- Nafisa Alişerovna Möminova – Şaxmat böyiça Özbekiston ayollar milliy terma jamoasi boş murabbiysi;
- Bobur Muhammadi öğli Sattarov – Özbekiston şaxmat federatsiyasi boş kotibi;
- Raşid Ozodoviç Tolipov – Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining sport yönalişi böyiça masul xodimi.
“Mardlik” ordeni bilan
- Jahongir Toiroviç Vohidov – Şaxmat böyiça Özbekiston erkaklar milliy terma jamoasi azosi;
- Sirojiddin Savranbekoviç Zayniddinov - Paraşaxmat böyiça Özbekiston milliy terma jamoasi azosi;
- Selbi Saparbay qizi Kakişova – Paraşaxmat böyiça Özbekiston milliy terma jamoasi azosi;
- Ahadxon Azizxon öğli Kimsanboyev – Paraşaxmat böyiça Özbekiston milliy terma jamoasi azosi;
- Sardorbek Zohidjon öğli Mamarajabov – Paraşaxmat böyiça Özbekiston milliy terma jamoasi azosi;
- Marsel Vyaçeslavoviç Şoyusupov – Paraşaxmat böyiça Özbekiston milliy terma jamoasi azosi.
“Kelajak bunyodkori” medali bilan
- Abdumalik Bahodir öğli Abdusalimov – Şaxmat böyiça Özbekiston erkaklar milliy terma jamoasi azosi;
- Komiljon Ikromoviç Azizov – Özbekiston şaxmat federatsiyasining axborot texnologiyalari va şaxmat metodikasi böyiça mutaxassisi;
- Humoyun Husniddinoviç Begmuratov – Şaxmat böyiça Özbekiston erkaklar milliy terma jamoasi azosi;
- Mardonov Javlon Ötkir öğli - Özbekiston şaxmat federatsiyasining axborot texnologiyalari va şaxmat metodikasi böyiça mutaxassisi;
- Ortiq Ravşan öğli Niğmatov – Şaxmat böyiça Özbekiston erkaklar milliy terma jamoasi azosi;
- Muxammadzoxid Şaxriyor öğli Suyarov – Şaxmat böyiça Özbekiston erkaklar milliy terma jamoasi azosi.
“Soğlom turmuş” medali bilan
- Baxtiyor Melikuloviç Jumayev – Özbekiston şaxmat federatsiyasining musobaqalarni taşkil etiş böyiça mutaxassisi, şarhlovçi;
- Nilufarxon Nodirbek qizi Imomqöziyeva – Şaxmat böyiça Özbekiston ayollar milliy terma jamoasi azosi;
- Guldona Abubakir qizi Karimova – Şaxmat böyiça Özbekiston ayollar milliy terma jamoasi azosi;
- Umida Şuhrat qizi Omonova – Şaxmat böyiça Özbekiston ayollar milliy terma jamoasi azosi;
- Gulruxbegim Alişer qizi Tohirjonova – Şaxmat böyiça Özbekiston ayollar milliy terma jamoasi azosi;
- Afröza Akbarovna Hamdamova – Şaxmat böyiça Özbekiston ayollar milliy terma jamoasi azosi.
Eslatib ötamiz, avvalroq şaxmat böyiça Özbekiston-1 jamoasi Ukraina bilan uçraşuv tugaşidan oldin olimpiadadagi çempionlikni matematik jihatdan kafolatlagani haqida xabar berilgan edi.