USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Navbahor” futbolçisi BMW’da kurerni urib yubordi

234 марта
“Навбаҳор” футболчиси BMW’да курьерни уриб юборди

Futbol böyiça Qirğiziston milliy terma jamoasi va Namanganning “Navbahor” klubi hujumçisi Joel Kojo Bişkekda kurerni urib yubordi. Bu haqda Bişkek şahar Milliy xavfsizlik va yöl harakati xavfsizligini taminlaş boşqarmasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, yöl-transport hodisasi Manas köçasi va Jibek Jolu şohköçasi kesişmasida sodir bölgan. BMW rulida futbolçining özi bölgan. Kurer tirik qolgan, u şifoxonaga olib borilgan.

“BMW jarima maydonçasiga joylaştirildi”, deyiladi xabarda. 

Bildirilişiça, YTH sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Malumot uçun, Ganada tuğilgan 28 yoşli futbolçi Kojo Samarqandning “Dinamo” klubidagi öyinlari bilan özbekistonlik muxlislarga taniş. U 2025 yilning boşida “Dinamo”dan Eronning “Istiqlol” jamoasiga borib qöşilgan edi. Ötgan yilning iyul oyida u Özbekistonga qaytib, ijara asosida “Neftçi” safida öynadi. Joriy yilning avgustida esa erkin agent sifatida Namanganning “Navbahor” jamoasiga borib qöşildi.

Keça, 28 sentyabr kuni u Qirğiz Respublikasi terma jamoasi safida Maldiv orollari termasiga qarşi örtoqlik bahsida boşlanğiç tarkibda maydonga tuşib, raqib darvozasiga 1 ta gol kiritgan edi. Bellaşuv qöşnilarning 5:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakun topgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: