USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Jamoadoşlarimga omad”. Ronaldu kutilmaganda terma jamoa bazasini tark etdi

230 марта
“Жамоадошларимга омад”. Роналду кутилмаганда терма жамоа базасини тарк этди

Portugaliya terma jamoasi yetakçisi va Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi hujumçisi Kriştianu Ronaldu UEAFA Millatlar ligasining 3-turidan örin olgan Daniyaga qarşi öyin arafasida milliy terma jamoa qarorgohini tark etganini elon qildi. Bu haqda u özining Instagram’dagi sahifasida yozdi.

30 sentyabr kuni 41 yoşli futbolçi terma jamoa maşğulotidan oldin Kopengagendagi “Parken” stadionini tark etganidan bir neça soat ötib, özining Instagram sahifasida bayonot elon qildi.

“Terma jamoa boş murabbiyining matbuot anjumanidan söng va Portugaliya Futbol Federatsiyasi prezidenti bilan bölib ötgan suhbat ortidan, milliy terma jamoa yiğinini tark etişga qaror qildim. Vaqti kelganda, har doim borimni bergan milliy terma jamoani tark etişimga sabab bölgan omillar haqidagi haqiqatni barça portugaliyaliklarga aytib beraman. Hozir esa Portugaliyaga va barça jamoadoşlarimga, istisnosiz, omad tilaş vaqti”, deb yozdi Ronaldu.

Şunday qilib, jamoa sardori terma jamoaning bölajak öyinida aniq maydonga tuşmaydi. Şu bilan birga, Ronaldu hali terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini elon qilmadi va öz qarorining sabablarini keyinroq oçiqlaşga vada berdi.

Vaziyat Portugaliyaning Norvegiya ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi ğalabasidan keyin keskinlaşdi: Ronaldu butun öyinni zaxira örindiğida ötkazdi, hakamning yakuniy huştagidan söng kiyiniş xonasiga kirib ketdi va keyinçalik ketma-ket uç kun umumiy guruh bilan maşğulot ötkazmadi. Federatsiya prezidenti Pedru Proensa esa vaziyatni izga soliş uçun  Kopengalenga yetib kelgan edi.

Ikki turdan söng Portugaliya 6 oçko bilan Millatlar ligasining A4 guruhida birinçi örinni egallab turibdi. Jezus şogirdlari navbatdagi öyinni bugun, 1 oktyabr kuni Kopengagenda Daniyaga qarşi Ronaldusiz ötkazadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: