Bu mening sönggi Jahon çempionatim – Ronaldu
Portugaliya milliy terma jamoasi hujumçisi Kriştianu Ronaldu 2026 yilgi Jahon çempionati uning faoliyatidagi sönggi mundial bölişini malum qildi. Bu haqda Kriştianu Ispaniyaga qarşi öyin oldidan ötkazilgan matbuot anjumanida aytib ötdi.
“Ha, bu mening sönggi Jahon çempionatim. Endi undan zavq olişim kerak”, dedi Ronaldu.
41 yoşli futbolçi matbuot anjumanida faoliyatini qaçon yakunlaşi haqidagi savolga ham javob berdi.
“Men istagan paytimda faoliyatimni yakunlayman, siz istagan paytda emas”, dedi Ronaldu.
Portugaliya terma jamoasi bugun, 6 iyul kuni Jahon çempionati 1/8 finalida Ispaniyaga qarşi maydonga tuşadi. Ronaldu sardorligidagi terma jamoa mundial guruh bosqiçida Özbekiston bilan bir guruhdan joy olgan bölib, özaro bahsda 5:0 hisobida ğalaba qozongandi.
Malumot uçun, Kriştianu Ronaldu 2022 yil dekabr oyidan buyon Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi şarafini himoya qilib kelmoqda. Faoliyati davomida Ronaldu Portugaliyaning “Sporting”, Angliyaning “Mançester Yunayted”, Ispaniyaning “Real Madrid” va Italiyaning “Yuventus” klublarida ham töp surgan. Şuningdek, Ronaldu beş karra “Oltin töp” sohibidir.