Kriştianu Ronaldu: "Bu mening sönggi Jahon çempionatim"
6-07-2026, 00:31
219 марта

Kriştianu Ronaldu: "Bu mening sönggi Jahon çempionatim"
Portugaliya termasi hujumçisi Kriştianu Ronaldu JÇ–2026 uning futbolçilik faoliyatidagi sönggi mundial bölişini tasdiqladi.
Portugaliya Ispaniyaga qarşi 1/8 final uçraşuvi oldidan ötkazilgan matbuot anjumanida 40 yoşli yulduz öz kelajagi haqida oçiqçasiga gapirdi.
"Bu mening sönggi Jahon çempionatim", - dedi Ronaldu kulib.
"Juda qiziq savol. Oxir-oqibat insonlarning mehri qolar ekan. Bizga muxlislik qiladigan, biz orqali unutilmas lahzalarni boşdan keçiradigan insonlar qoladi. Bu xotiralar hayotimdagi eng qimmatli narsalardan biri.
Parvoz paytida styuardessalardan biri argentinalik ekanini uning nigohidanoq bildim. Men unga: "Siz argentinaliksiz, şunday emasmi? Menga qaradingiz-da, darrov nigohingizni olib qoçdingiz. Sizlar meni yoqtirmaysiz", dedim. Ammo xotinim argentinalik, şuning uçun hammasi joyida", - deya hazil qildi portugaliyalik afsona.
Söng Ronaldu şunday dedi: "Har bir daqiqadan zavq oliş kerak. Ha, bu mening sönggi Jahon çempionatim. Şuning uçun har bir lahzani qadrlaşni istayman".