Ronaldu Jahon çempionati tarixidagi yangi rekordni örnatdi
Portugaliya terma jamoasi hujumçisi Kriştianu Ronaldu Jahon çempionatining pley-off bahslarida maydonga tuşgan eng yoşi katta futbolçiga aylandi. 41 yoş-u 147 kunlik Ronaldu mazkur natijani Xorvatiyaga qarşi 1/8 final uçraşuvida qayd etdi.
Şu tariqa, u Angliya terma jamoasining sobiq darvozaboni Piter Şiltonga tegişli rekordni yangiladi. Şilton bu natijani 1990 yilgi Jahon çempionatida uçinçi örin uçun öyinda 40 yoş-u 292 kunligida maydonga tuşib örnatgan edi.
Şuningdek, Kriştianu Ronaldu Xorvatiyaga qarşi bahsda penaltidan gol urib, Jahon çempionatlarining pley-off bahslaridagi ilk golini urdi. Uşbu öyinda Portugaliya Xorvatiyani 2:1 hisobida mağlubiyatga uçratib, nimçorak final bosqiçiga çiqdi.
Malumot uçun, 2026 yilgi Jahon çempionati AQŞ, Kanada va Meksika mezbonligida ötkazilmoqda. Musobaqa joriy yilning 19 iyul kuniga qadar davom etadi.