“Xorazm” yana mağlub: quyi poğonadagi jamoaga qarşi muhim oçkolar boy berdi
19-06-2025, 23:21
462 марта
“Xorazm” yana mağlub: quyi poğonadagi jamoaga qarşi muhim oçkolar boy berdi⚽️ Superliga. 13-tur
📍 Söğdiyona – Xorazm: 1:0
🥅 Lyupço Doriyev, 83-daqiqa (1:0)
“Xorazm” futbol klubi navbatdagi öyinida muhim oçkolardan yana bir bor mahrum böldi. 13-tur doirasida mezbon “Söğdiyona” jamoasiga qarşi maydonga tuşgan xorazmliklar 83-daqiqada öz darvozalaridan töp ötkazib, 0:1 hisobida mağlubiyatga uçradi.
Afsuski, bu safargi raqib – “Söğdiyona” — turnir jadvalining pastki poğonalarida joylaşgan jamoalardan biri bölişiga qaramay, “Xorazm” imkoniyatni boy berdi. Öyin davomida himoyaviy öyin namoyiş etilgan bölsa-da, yakunda birgina xatolik barça rejalarga çiziq tortdi.




Bu mağlubiyat “Xorazm” uçun faqatgina navbatdagi uçraşuvda yöqotilgan uç oçko emas, balki umumiy holatni ham murakkablaştirib qöydi. Çempionatning ikkinçi davrasi yaqinlaşar ekan, har bir uçraşuv, har bir oçko yanada katta ahamiyat kasb etmoqda.Endi “Xorazm” navbatdagi öyinda ğalaba bilan vaziyatni tiklaşga harakat qiladi. Aks holda jamoa turnir jadvalining xavfli zonasidan uzoqlaşa olmaydi.


