USD: 12,003 söm ▼ EUR: 13,156 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▲ CNY: 1,801 söm ▲ KZT: 26 söm → TRY: 237 söm ▼ AED: 3,268 söm ▼ USD: 12,003 söm ▼ EUR: 13,156 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▲ CNY: 1,801 söm ▲ KZT: 26 söm → TRY: 237 söm ▼ AED: 3,268 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

11 yoşli şaxmatçi qiz 38 yillik rekordni yangiladi

31 марта
11 ёшли шахматчи қиз 38 йиллик рекордни янгилади

Buyuk Britaniyalik 11 yoşli Bodxana Sivanandan şaxmat tarixidagi eng yoş ayol xalqaro master (IM) unvoniga sazovor böldi. Bu haqda “The Guardian” naşri xabar berdi.

U Çernogoriyada ötkazilgan Yevropa klublar kubogining sönggi turida şvetsiyalik Viktoriya Yoxanssonni mağlub etib, yetti imkoniyatdan 5,5 oçko töpladi va uçinçi xalqaro masterlik normasini bajardi.

Bodxana 11 yoş, 7 oy va 16 kunligida bu natijaga erişib, afsonaviy şaxmatçi Yudit Polgarning 1988 yildan beri saqlanib kelayotgan rekordini yangiladi.

U xalqaro masterlik talablarini eng yoş bajargan şaxmatçilar röyxatida yettinçi örinni egalladi. Özbekistonlik Javohir Sindarov esa uşbu röyxatda oltinçi örinda turibdi. Sindorov 2017 yilda 11 yoş, 6 oy va 16 kunligida xalqaro masterlik talablarini bajargan edi.

Malumot uçun, Bodxana Sivanandan joriy yilning sentyabr oyida Samarqandda ötkazilgan Şaxmat olimpiadasida ham ayollar örtasidagi eng yoş grossmeyster böliş uçun zarur talablarni bajargan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: