USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,362 söm ▲ RUB: 149 söm ▲ GBP: 15,951 söm ▲ CNY: 1,801 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 241 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,362 söm ▲ RUB: 149 söm ▲ GBP: 15,951 söm ▲ CNY: 1,801 söm ▲ KZT: 26 söm ▲ TRY: 241 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Diëra Keldiyorova Abu-Dabidagi turnirda mağlub böldi

217 марта
Диëра Келдиёрова Абу-Дабидаги турнирда мағлуб бўлди

Bugun, 29 oktyabr kuni dzyudo böyiça Özbekiston terma jamoasi azosi Diëra Keldiyorova (-52 kg) Abu-Dabida ötkazilayotgan “Grand Slam” turnirining ikkinçi bosqiçida mağlubiyatga uçradi.

Isroillik Gefen Primo ikkinçi davra bahsida amaldagi Olimpiada çempioni Diëra Keldiyorovadan ippon bahosi evaziga ustun keldi. Keldiyorova musobaqaning birinçi bosqiçida meksikalik Paulina Martinezni mağlub etgan edi.

Ikki yillik tanaffusdan söng sportga qaytgan Keldiyorova uçun bu ikkinçi musobaqa böldi. U bundan avval Qozoğistonning Aqtau şahrida ötkazilgan xalqaro turnirda iştirok etib, oltin medalni qölga kiritgan edi.

Malumot uçun, Diëra Keldiyorova 2024 yil 28 iyul kuni Parij Olimpiadasida dzyudo böyiça 52 kilogrammgaça bölgan vazn toifasida oltin medalni qölga kiritgan. Şundan söng, farzandli bölgani sababli Keldiyorova sport faoliyatida tanaffus olgan va bir qator yirik musobaqalarni ötkazib yuborgandi.

Eslatib ötamiz, avvalroq germaniyalik mutaxassis Marko Şpitka Özbekiston ayollar dzyudo terma jamoasiga qaytgani va Olimpiada çempioni Diëra Keldiyorovani 2028 yilgi Los-Anjeles Olimpiadasiga tayyorlaşi haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: