«Xorazm» sönggi daqiqalarda yutqazdi: «Paxtakor» minimal hisobda ğalaba qozondi
30-10-2026, 21:50
91 марта
«Xorazm» sönggi daqiqalarda yutqazdi: «Paxtakor» minimal hisobda ğalaba qozondiFutbol böyiça Özbekiston Superligasining 26-turi doirasida «Xorazm» öz maydonida poytaxtning «Paxtakor» jamoasini qabul qildi. Uçraşuv mehmonlarning minimal hisobdagi ğalabasi bilan yakunlandi — 0:1.
Öyinning asosiy qismida hisob oçilmadi. Xorazmlik futbolçilar kuçli raqibga qarşi 88-daqiqagaça darvozasini daxlsiz saqlab, bir oçkoni qölga kiritişga juda yaqin edi.
Biroq uçraşuv taqdirini sönggi daqiqalar hal qildi. 88-daqiqada Muhammadbobur Karimov aniq zarba bilan «Paxtakor»ni oldinga olib çiqdi va bu gol öyinning yagona goli bölib qoldi.
Qöşimça vaqtda maydondagi vaziyat keskinlaşdi. 90+7-daqiqada ikki jamoadan bittadan futbolçi qizil kartoçka oldi: «Paxtakor» safidan Zaid Tahsin va «Xorazm» futbolçisi Abbosjon Otaxonov maydondan çetlatildi. Bu esa Otaxonovning keyingi uçraşuvni ötkazib yuborişiga sabab bölişi mumkin.
Mazkur mağlubiyat «Xorazm» uçun ayniqsa alamli böldi — jamoa kuçli raqibga qarşi deyarli butun öyin davomida teng kuraş olib bordi, ammo sönggi daqiqalardagi bir xato oçkosiz qolişga olib keldi.
Superliga. 26-tur
«Xorazm» — «Paxtakor» — 0:1
Gol: Muhammadbobur Karimov, 88 (0:1)
Çetlatiş: Zaid Tahsin, 90+7 («Paxtakor»), Abbosjon Otaxonov, 90+7 («Xorazm»)
#Xorazm #Paxtakor #Superliga #futbol #XorazmBugun