USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Hakam bir öyinda 53 ta qizil kartoçka körsatdi

143 марта
Ҳакам бир ўйинда 53 та қизил карточка кўрсатди

Braziliyaning U-20 yoşlar çempionati ikkinçi divizioni yarim finalida “Uberlandiya” va “Mamore” jamoalari örtasidagi uçraşuvda hakam 53 ta qizil kartoçka körsatdi. Bu haqda “CNN Brasil” xabar berdi.

Joriy yilning 1 noyabr kuni Uberlandiya şahrida ötkazilgan bahs 3:1 hisobida “Mamore” foydasiga yakunlangan. Xabarga köra, “Mamore”ning uçinçi golidan keyin jamoa futbolçisi Davi raqiblarga nisbatan provokatsion işoralar qilib, ularni haqoratlagan. Şundan söng, maydonda ommaviy muştlaşuv boşlangan.

Oqibatda “Uberlandiya”ning 24 nafar, “Mamore”ning esa 29 nafar futbolçisi qizil kartoçka bilan maydondan çetlatilgan. Şuningdek, murabbiylar ştabi va jamoa rasmiylarining bir neçta vakili ham jazolangan.

Hakam öz hisobotida ommaviy muştlaşuv ikkinçi bölimning 54-daqiqasida boşlanganini qayd etgan. Uning takidlaşiça, tartibsizliklar sababli qizil kartoçkalarni körsatiş va uçraşuvni belgilangan tartibda yakunlaş imkoni bölmagan. Şu bois u xavfsizlik çoralari taminlanmagani sababli bahsni töxtatişga qaror qilgan. Muştlaşuv vaqtida futbolçilar bir-birlarini muştlagan, tepgan va futbolçilar hamda murabbiylar ştabi azolariga turli buyumlarni otgan.

Mazkur uçraşuvda körsatilgan 53 ta qizil kartoçka futbol tarixidagi eng yuqori körsatkiç sifatida qayd etildi. Avvalgi rekord 2011 yil 27 fevralda Argentina beşinçi divizionida “Kleypol” va “Viktoriano Arenas” jamoalari örtasidagi bahsda örnatilgan. Öşanda hakam 36 ta qizil kartoçka körsatgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: