YeÇL pley-off öyindan söng ommaviy muştlaşuv yuz berdi
Keça, 26 avgust kuni Çempionlar ligasi pley-off bosqiçining “Lion” va “Fenerbahçe” jamoalari örtasidagi javob uçraşuvi ommaviy muştlaşuv bilan yakunlandi.
Janjalga turk klubi yarim himoyaçisi Matteo Genduzi sabab bölgan. U “Lion”ning aşaddiy raqibi “Marsel”ni qöllab-quvvatlab, frantsuz muxlislariga işoralar qilgan va şiorlar aytgan.
“Lion” muxlislari futbolçi tomon yorib kirişga uringan, ammo buning uddasidan çiqişmagan. Şundan söng Frantsiya klubining darvozabonlar murabbiyi Genduziga hujum qilgan. Bu esa tunnelda ommaviy muştlaşuv boşlanişiga olib kelgan.
Malumot uçun, uçraşuvda “Fenerbahçe” 2:1 hisobida ğalaba qozondi. Birinçi öyin 1:1 hisobida yakunlangan edi. Şu tariqa, Istanbul klubi umumiy 3:2 hisobida ğalaba qozonib, Çempionlar ligasining asosiy bosqiçiga yöl oldi.