“Qayrat” Çempionlar ligasi uçinçi saralaş bosqiçiga yöl oldi
Keça, 29 iyul kuni Qozoğistonning “Qayrat” klubi Kiprning “Omoniya” jamoasini ikki uçraşuv natijalariga köra mağlub etib, UEFA Çempionlar ligasi uçinçi saralaş bosqiçiga çiqdi.
Birinçi öyinda “Omoniya” öz maydonida 1:0 hisobida ğalaba qozongan edi. Javob bahsida esa asosiy va qöşimça vaqt “Qayrat”ning 1:0 hisobidagi ustunligi bilan yakunlandi. Şu tariqa ikki öyin hisobida durang kuzatildi va ğolib penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda qozoğistonliklar 6:5 hisobida zafar quçdi.
Uçraşuv natijasiga köra, “Qayrat” Çempionlar ligasi uçinçi saralaş bosqiçida Bolgariyaning “Levski Sofiya” klubiga qarşi maydonga tuşadi.
Uçinçi saralaş bosqiçining dastlabki uçraşuvlari joriy yilning 4-5 avgust kunlari, javob öyinlari esa 11 avgustda bölib ötadi.
Eslatib ötamiz, ötgan mavsum “Qayrat” öz tarixida ilk bor UEFA Çempionlar ligasining asosiy bosqiçida iştirok etgan. Qozoğiston klubi musobaqada bir oçko jamğarib, umumiy jadvalda 36-örinni egallagan edi. Bu mavsumda esa asosiy bosqiçga çiqiş uçun jamoa yana ikki saralaş bosqiçidan muvaffaqiyatli ötişi talab etiladi.