USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Çempionlar ligasi umumiy bosqiçining barça iştirokçilari malum böldi

138 марта
Чемпионлар лигаси умумий босқичининг барча иштирокчилари маълум бўлди

Keça, 26 avgust kuni yana 4 ta jamoa Çempionlar ligasining 2026-2027 yilgi mavsumi umumiy bosqiçiga yöl oldi. Natijada asosiy bosqiçida iştirok etadigan barça 36 ta jamoa nomi malum böldi.

Keça, 26 avgust kuni musobaqaning pley-off bosqiçidagi sönggi javob uçraşuvlari bölib ötdi. Gretsiyaning AYeK jamoasi Bolgariyaning “Levski” klubini ikki öyin natijasiga köra mağlub etdi – 0:0 va 4:0.

Norvegiyaning “Viking” jamoasi Xorvatiyaning “Dinamo” klubini (2:2, 3:1), Turkiyaning “Fenerbahçe”si Frantsiyaning “Lion” jamoasini (1:1, 2:1), Slovakiyaning “Slovan” klubi esa Sloveniyaning “Tsele” jamoasini (1:1, 2:1) qöşimça vaqtda mağlub etdi.

Avvalroq quyidagi jamoalarning umumiy bosqiçda iştirok etişi kafolatlangan edi:

  • Angliya: “Arsenal”, “Aston Villa”, “Mançester Yunayted”, “Mançester Siti”, “Liverpul”;
  • Frantsiya: “Pari Sen-Jermen”, “Lans”, “Lill”;
  • Italiya: “Inter”, “Napoli”, “Roma”, “Komo”;
  • Ispaniya: “Barselona”, “Real Madrid”, “Vilyarreal”, “Atletiko Madrid”, “Betis”;
  • Germaniya: “Bavariya”, “Borussiya” Dortmund, “Leyptsig”, “Ştutgart”;
  • Niderlandiya: PSV, “Feyenoord”;
  • Portugaliya: “Portu”, “Sporting”;
  • Ukraina: “Şaxtyor”;
  • Belgiya: “Bryugge”;
  • Çexiya: “Slaviya”;
  • Turkiya: “Galatasaroy”;
  • Avstriya: LASK;
  • Ozarbayjon: “Sabah”;
  • Norvegiya: “Bude-Glimt”.

Şu tariqa, Çempionlar ligasining umumiy bosqiçida jami 36 ta klub iştirok etadi.

Yangi formatga köra, har bir jamoa umumiy bosqiçda sakkizta öyin ötkazadi – törttasi öz maydonida va törttasi safarda. Barça klublar yagona turnir jadvaliga joylaştiriladi.

Eng yaxşi sakkizta jamoa töğridan-töğri 1/8 finalga yöl oladi. 9-örindan 24-öringgaça bölgan jamoalar esa qolgan 1/8 final iştirokçilarini aniqlaş uçun pley-off bosqiçida iştirok etadi.

Çempionlar ligasi umumiy bosqiçiga qura taşlaş marosimi bugun, 27 avgust kuni Monakoda bölib ötadi.

Eslatib ötamiz, Çempionlar ligasining amaldagi ğolibi – Frantsiyaning “Pari Sen-Jermen” klubi hisoblanadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: