Ötgan mavsum kaşfiyoti “Bude-Glimt” yana Çempionlar ligasiga çiqdi
Keça, 25 avgust kuni Norvegiyaning “Bude-Glimt” jamoasi ikki uçraşuv natijasiga köra Niderlandiyaning “NEC” klubini 3:1 va 3:0 hisoblarida mağlub etdi. Natijada norvegiyaliklar 2026-2027 yilgi mavsum ham Çempionlar ligasining asosiy bosqiçida iştirok etadigan böldi.
Ötgan mavsumda “Bude-Glimt” öz maydonida Pep Gvardiola boşçiligidagi “Mançester Siti” hamda Ispaniyaning “Atletiko Madrid” klublarini mağlub etib, pley-off bosqiçiga yöl olgan edi.
1/8 finalda esa Norvegiya klubi Italiya çempioni “Inter”ni musobaqadan çiqarib yuborgan.
Şuningdek, Avstriyaning LASK jamoasi ham keça, 25 avgust kuni Şotlandiyaning “Seltik” jamoasiga qarşi birinçi öyinda 0:3 hisobida yutqazgan bölişiga qaramay, javob bahsida qöşimça vaqtda 5:1 hisobida ğalaba qozonib, keyingi bosqiçga çiqdi.
Şu tariqa, 2026-2027 yilgi Çempionlar ligasi mavsumining asosiy bosqiçida iştirok etadigan 36 jamoadan 32 tasi malum böldi. Qolgan törtta jamoa bugun, 26 avgust kuni bölib ötadigan saralaş pley-off bosqiçining javob uçraşuvlaridan söng aniqlanadi.
Asosiy bosqiçga qura taşlaş marosimi joriy yilning 27 avgust kuni Monakoda ötkaziladi.
Malumot uçun, Çempionlar ligasining amaldagi ğolibi Frantsiyaning “Pari Sen-Jermen” klubi hisoblanadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Umarali Rahmonaliyev töp tepadigan Ozarbayjonning “Sabah” klubi tarixda birinçi marta Çempionlar ligasining asosiy bosqiçiga yöllanma olgan edi.