UYeFA Çempionlar ligasi. Kuçli sakkizlik va pley-off jamoalari malum böldi (yakuniy jadval)
29-01-2026, 08:36
554 марта

UYeFA Çempionlar ligasi. Kuçli sakkizlik va pley-off jamoalari malum böldi (yakuniy jadval)
UYeFA Çempionlar ligasi 2025/2026 yilgi mavsumining umumiy bosqiçi öz yakuniga yetdi. 29 yanvarga ötar keçasi bölib ötgan 8-tur bahslaridan söng nimçorak finalga töğridan-töğri yöl olgan va pley-offda iştirok etadigan jamoalar nomi malum böldi.8-turning muhim voqealari:
«Benfika» — «Real Madrid» — 4:2: Turning eng şov-şuvli natijasi Lissabonda yuz berdi. Madridliklar mağlubiyat sababli kuçli sakkizlikdan pastga tuşib ketişdi, lissabonliklar esa sönggi daqiqada darvozaboni kiritgan gol va töplar nisbati (-2)ga köra pley-offdagi eng sönggi yöllanmaga ega bölişdi.
«Liverpul» — «Qoraboğ» — 6:0. Mersisaydliklar öz maydonlarida raqibni tor-mor keltirib, turnir jadvalining yuqori qismidagi örinlarini mustahkamlaşdi, qoraboğliklar pley-offda kuraşni davom ettiradi.
«Barselona» — «Kopengagen» — 4:1. Kataloniyaliklar işonçli ğalaba bilan keyingi bosqiç masalasini ijobiy hal qilişdi.
«Arsenal» — «Qayrat» — 3:2. London klubi qiyinçilik bilan bölsa-da, guruh bosqiçini ğalaba bilan tugatdi va turnirdagi barça 8 öyinda jami 24 oçko töpladi.
«Napoli» — «Çelsi» — 2:3. Öz maydonida öyinni boy bergan neapolliklar turnir bilan xayrlaşişdi.
«Atletiko» — «Budyo-Glimt» — 1:2. «Grandlar kuşandasi» — «Budyo-Glimt» Madridda qölga kiritilgan uç oçko bilan pley-offga yöl oldi.
8-tur natijalari:
- Ayaks — Olimpiakos 1:2
- Arsenal — Qayrat 3:2
- Monako — Yuventus 0:0
- Atletik — Sporting 2:3
- Atletiko — Budyo-Glimt 1:2
- Bayer — Vilyarreal 3:0
- Borussiya D — Inter 0:2
- Bryugge — Olimpik M 3:0
- Ayntraxt — Tottenhem 0:2
- Barselona — Kopengagen 4:1
- Liverpul — Qoraboğ 6:0
- Mançester Siti — Galatasaroy 2:0
- Pafos — Slaviya 4:1
- PSJ — Nyukasl 1:1
- PSV — Bavariya 1:2
- Yunion — Atalanta 1:0
- Benfika — Real 4:2
- Napoli — Çelsi 2:3

Turnir jadvalida 1–8-örinlarni egallagan jamoalar töğridan-töğri 1/8 finalga yöl oldi (ular orasida Abduqodir Husanov töp surayotgan «Mançester Siti» ham bor).
9-24-örinlarni egallagan jamoalar («Real Madrid», «Inter», «PSJ» va boşqalar) fevral oyida ikki öyindan iborat pley-off bahslarida nimçorak finalning qolgan 8 ta yöllanmasi uçun kuraşadi. Pley-off bosqiçi uçun qura taşlaş marosimi 30 yanvar kuni bölib ötadi.
Jadvalning quyi qismida qolgan jamoalar uçun yevrokuboklar mavsumi yakunlandi. Ular orasida «Marsel», «Napoli», «Ayaks» kabi şonli nomlar bor.
