“Qayrat” Çempionlar ligasidan çiqib ketdi
Qozoğistonning “Qayrat” jamoasi Çempionlar ligasi uçinçi saralaş bosqiçining ikkinçi öyinida Bolgariyaning “Levski” jamoasiga 0:1 hisobida mağlub böldi. Şu tariqa, qozoğistonliklar 2026-2027 yilgi mavsum Çempionlar ligasi bosqiçida iştirok etmaydigan böldi.
Keça, 11 avgust kuni Qozoğistonda bölib ötgan bahsda Reynaldo 13-daqiqadagi goli evaziga mehmonlarni ğalabasini taminladi.
Uçraşuv Turkistonda bölib ötdi. “Qayrat” uy öyinlarini Olmaotadagi Markaziy stadionda ötkazadi, ammo Kane Uestning kontserti tufayli arena bu vaqtda band bölgan.
Bolgariya jamoasi birinçi öyinda ham 1:0 hisobida ğalaba qozongan edi. Şu tariqa, “Levski” keyingi bosqiçga yöl oldi. Uning sönggi saralaş bosqiçidagi raqibi Marko Nikoliç boşçiligidagi Gretsiyaning AYeK Afina jamoasi böladi.
Ötgan mavsumda “Qayrat” ilk bor Çempionlar ligasining asosiy bosqiçiga çiqqandi. Qozoğiston jamoasi ötgan mavsumda turnirning asosiy bosqiçida bir oçko töplab, umumiy hisobda 36-örinni egallagan. Endilikda “Qayrat” Yevropa ligasi saralaş bosqiçida öz iştirokini davom ettiradi.