Asosiy bosqiçda raqiblarimiz kim bölişi muhim emas – Rahmonaliyev
Ozarbayjonning “Sabah” klubi futbolçisi Umarali Rahmonaliyev jamoasining Çempionlar ligasi final bosqiçiga çiqqanidan söng asosiy bosqiçdagi raqiblardan qörqmayotganini malum qildi. Bu haqda özbekistonlik futbolçi “Xapoel Beer-Şeva” jamoasiga qarşi öyindan söng söz oçdi.
Ozarbayjon klubi keça, 25 avgust kuni pley-off bosqiçining javob uçraşuvida Isroilning “Xapoel Beer-Şeva” jamoasini 5:2 hisobida mağlub etib, ikki öyin natijasiga köra 6:4 hisobida ğalaba qozondi. Şu tariqa, “Sabah” tarixda birinçi marta turnirning asosiy bosqiçiga yöllanma oldi.
Özbekistonlik yarim himoyaçi hal qiluvçi bahsda jamoa yakuniy muvaffaqiyatga işonganini takidladi.
“Biz alo darajada kuraş olib bordik. Keyingi bosqiçga çiqişimiz mumkinligiga işongan edik. Yigitlar bilan faxrlanaman”, deydi Rahmonaliyev.
22 yoşli futbolçi Ozarbayjon futbolidagi ösişni qayd etib, muxlislarga ham minnatdorlik bildirdi.
“Asosiy bosqiçda raqiblarimiz kim bölişi biz uçun muhim emas. Biz öz öyinimizga etibor qaratamiz”, deya qöşimça qildi Rahmonaliyev.
Eslatib ötamiz, “Sabah” Çempionlar ligasi asosiy bosqiçiga olib çiqqan hal qiluvçi öyinda Umarali Rahmonaliyev jamoasining ikkinçi goliga mualliflik qilgandi.