USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rasman! Diyora Keldiyorovaning navbatdagi turniri elon qilindi

111 марта
Расман! Диёра Келдиёрованинг навбатдаги турнири эълон қилинди

Özbekistonlik dzyudo böyiça Olimpiya çempioni Diyora Keldiyorova Xorvatiyaning Zagreb şahrida bölib ötadigan Gran-pri musobaqasida iştirok etadi. Bu haqda turnir matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur musobaqa özbekistonlik sportçi uçun ketma-ket uçinçi xalqaro turnir böladi. Keldiyorova avval Aqtauda ötkazilgan Osiyo kubogida oltin medalni qölga kiritgan, biroq yaqinda Abu-Dabida taşkil etilgan “Katta dubulğa” turnirida sovrindorlar qatoriga kira olmagan edi.

Zagreb Gran-pri musobaqasi joriy yilning 13-15 noyabr kunlari Xorvatiyada ötkaziladi. Unda 70 davlatdan 520 nafarga yaqin dzyudoçi iştirok etadi.

Malumot uçun, Diyora Keldiyorova 2024 yil Parijda ötkazilgan yozgi Olimpiya öyinlarida -52 kg vazn toifasida oltin medalni qölga kiritib, Özbekiston tarixidagi ilk ayol Olimpiya çempioniga aylangan. U musobaqa davomida amaldagi Olimpiya çempioni va tört karra jahon çempioni yaponiyalik Uta Abeni mağlub etgan. Finalda esa kosovolik Distriya Krasniçidan ustun kelib, Özbekistonga dzyudo böyiça ilk Olimpiya oltin medalini taqdim etgan.

Şundan söng, Keldiyorova farzandli bölgani sababli sport faoliyatida ikki yil tanaffus olgan va bir qator yirik musobaqalarni ötkazib yuborgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: