Xorazmlik samboçi Mavluda Abdullayeva jahon çempioni böldi
7-11-2026, 15:19
77 марта
Xorazmlik samboçi Mavluda Abdullayeva jahon çempioni böldiToşkent şahridagi Olimpiya şaharçasida bölib ötayotgan sambo böyiça jahon çempionatida xorazmlik sportçi Mavluda Abdullayeva oltin medalni qölga kiritdi. Hamyurtimiz +80 kg vazn toifasida bellaşib, jahon çempioni unvoniga sazovor böldi.
6–8-noyabr kunlari davom etayotgan nufuzli musobaqa sambo böyiça jahon çempionatlarining 50 yillik yubiley turniri hisoblanadi. Unda erkaklar va ayollar örtasida sport sambosi, jangovar sambo va közi ojizlar sambosi yönalişlarida medallar talaş qilinmoqda.
Mavluda Abdullayeva Xorazm yakka kuraş sport turlariga ixtisoslaştirilgan sport maktabi tarbiyalanuvçisi. Unga tajribali murabbiy Umrbek Davletov ustozlik qiladi.
Eslatib ötamiz, sportçi 2025-yilda Xitoyda bölib ötgan Butunjahon öyinlarida jangovar sambo böyiça kumuş medalni qölga kiritgan edi. Şuningdek, u 2022-yilda Osiyo çempionatida oltin, 2023 va 2024-yillarda Osiyo va Okeaniya çempionatlarida esa bronza medal sohibasi bölgan.
“Xorazm Bugun” ğolibamizni uşbu yutuq bilan tabriklaydi va yangi zafarlar tilaydi!
Manba: Xorazm viloyati sport boşqarmasi matbuot xizmati
#XorazmBugun #Sambo #JahonÇempionati #MavludaAbdullayeva #Xorazm #Sport