Xorazmlik stol tennisçilar “Prezident olimpiadasi”da kumuş medalni qölga kiritdi
Bugun, 19:30
7 марта
Xorazmlik stol tennisçilar “Prezident olimpiadasi”da kumuş medalni qölga kiritdi“Prezident olimpiadasi”da stol tennisi böyiça örtaga tuşgan xorazmlik qizlar juftlik bellaşuvlarida kumuş medalga sazovor böldi.
Mamlakatimizda yoş avlodni ma'nan va jismonan barkamol qilib voyaga yetkaziş ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Şu böis öğil-qizlarimizning sportga qiziqişini oşiriş, iqtidorli yoşlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaşga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Davlatimiz rahbari taşabbusi bilan asos solingan “Prezident olimpiadasi” ana şu sa'y-harakatlarning amaliy samarasidir. Bu yil ikkinçi marta taşkil etilayotgan musobaqada 3 ming 500 nafardan ziyod iştirokçi olimpiya va paralimpiya öyinlari dasturiga kiritilgan 26 ta sport turi böyiça bahs olib bormoqda.
Stol tennisi böyiça bellaşuvlarda SÖTEAISM tarbiyalanuvçisi Mubina Marimboyeva hamda Urganç olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlaş markazi öquvçisi Maftuna Ibodullayeva juftlikda örtaga tuşdi. Hamyurtlarimiz qizlar örtasidagi juftlik yönalişida kumuş medalni qölga kiritdi.
Manba: Xorazm viloyati sport boşqarmasi

