USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Avstraliyada 22 yoşli çavandoz ot poygasi vaqtida yiqilib, vafot etdi

31 марта
Австралияда 22 ёшли чавандоз от пойгаси вақтида йиқилиб, вафот этди

Avstraliyadagi poyga vaqtida 22 yoşli çavandoz Izzi Nil otdan yiqilib, vafot etdi. Bu haqda marhumaning oilasi bayonotiga tayanib, “Racing NSW” naşri xabar berdi.

Naşr malumotiga köra, voqea joriy yilning 8 noyabr kuni Uorren şahrida bölib ötgan Cotton Cup musobaqasi vaqtida sodir bölgan. Nil 1600 metrlik poygada iştirok etayotganida, marraga 400 metr qolganida otidan yiqilib, boşidan jarohat olgan.

Unga voqea joyida birinçi tibbiy yordam körsatilgan va keyin vertolyotda Dabbo şahridagi şifoxonaga olib ketilgan. Biroq u şifoxonada vafot etgan.

Nilning Marnu ismli oti oldingi oyoğidan jarohat olgani sababli evtanaziya qilingan. Oila bayonotida Nil öz azolarini donorlikka beriş orqali boşqa insonlarga yaşaş imkoniyatini taqdim etişi aytilgan.

“Bu oğir yöqotişni boşdan keçirayotgan oilamizga biroz tasalli beradi”, deyiladi bayonotda.

Malumot uçun, Nil çavandozlik faoliyatini havaskor sifatida boşlagan va professional çavandoz sifatidagi ilk ğalabasini 2024 yil fevral oyida qölga kiritgan. Uning ilk yirik muvaffaqiyati 2025 yil iyul oyida Rosahill poyga maydonida ğolib bölganida qayd etilgan. U professional faoliyati davomida jami 88 ta ğalabaga erişgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: