Bugun Özbekiston kubogining finalçilari aniqlanadi
Bugun, 24 noyabr kuni Özbekiston kubogining yarim final uçraşuvlari bölib ötadi. Unda OKMK va “Navbahor”, şuningdek, “Andijon” va “Lokomotiv” jamoalari final yöllanmasi uçun kuraş olib boradi. Har ikki uçraşuv soat 18:15 da boşlanadi.
Olmaliqdagi OKMK sport majmuasida bölib ötadigan “Andijon” – “Lokomotiv” uçraşuvini boş hakam Şavkat Nasibullayev boşqarib boradi. Unga qanotlarda Aleksandr Burov va Şavkat Rahmatov yordam beradi.
Toşkentdagi “Lokomotiv” stadionida ötkaziladigan OKMK – “Navbahor” bahsida esa boş hakam vazifasini Ravşan Abduvohidov bajaradi. Uning yordamçilari Islom Azimov va Şerzod Azamov böladi.
Özbekiston kubogi final uçraşuvi qaçon ötkazilişi hozirça aniq emas. Bu boradagi asosiy omillardan biri – “Andijon” jamoasining Superligadagi vaziyati va pley-off bosqiçidagi iştiroki hisoblanadi.
Agar “Andijon” finalga yöl olsa, hal qiluvçi uçraşuvni ötkaziş uçun işçi rejada joriy yilning 16 dekabr sanasi belgilangan. Bu esa Islom Ahmedov şogirdlarining Superliga pley-off bosqiçida iştirok etişi va qaysi raundgaça yetib borişiga boğliq böladi.
Agar “Andijon” finalga çiqa olmasa yoki finalga çiqqani holda Superliga mavsumi yakuniga qadar xavfli hududdan uzoqlaşsa, final uçraşuvi joriy yilning 10 dekabr kuni ötkaziladi.