USD: 12,003 söm ▼ EUR: 13,156 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▲ CNY: 1,801 söm ▲ KZT: 26 söm → TRY: 237 söm ▼ AED: 3,268 söm ▼ USD: 12,003 söm ▼ EUR: 13,156 söm ▲ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▲ CNY: 1,801 söm ▲ KZT: 26 söm → TRY: 237 söm ▼ AED: 3,268 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Diyora yana Uta Abe bilan töqnaş kelişi mumkin

25 марта
Диёра яна Ута Абэ билан тўқнаш келиши мумкин

Özbekistonlik Olimpiya çempioni Diyora Keldiyorova va yaponiyalik dzyudoçi Uta Abe joriy yilning 5-6 dekabr kunlari Yaponiyaning Tokio şahrida bölib ötadigan “Katta dubulğa” turnirining (Tokyo Grand Slam 2026) rasmiy iştirokçilari röyxatiga kiritildi. Bu haqda Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) matbuot xizmati xabar berdi.

Har ikki sportçi ham 52 kilogramm vazn toifasida bahs olib boradi. Uşbu vazn toifasidagi musobaqalar turnirning birinçi kuni – joriy yilning 5 dekabr kuni ötkaziladi. Uta Abe musobaqada öz vazn toifasida birinçi raqam ostida tasniflangan.

Keldiyorova uçun Tokiodagi musobaqa kuzda tatamiga qaytganidan keyingi törtinçi xalqaro turniri böladi. Bu ikki sportçining özaro töqnaş kelişi qura natijalariga boğliq böladi.

Ikki dzyudoçi sönggi marta 2024 yilgi Parij Olimpiadasida bir musobaqada iştirok etgan. Öşanda Keldiyorova 1/8 finalda Abeni sensatsion tarzda mağlub etgan va keyinçalik Olimpiya oltin medalini qölga kiritgandi.

Eslatib ötamiz, Diyora Keldiyorova ijtimoiy tarmoqlarda yaponiyalik dzyudoçi Uta Abe bilan taqqoslanişini Lionel Messi va Kriştianu Ronaldu örtasidagi raqobatga öxşatgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: