CAS Senegalga Afrika çempionligini qaytarib berdi
Sport arbitraj sudi (CAS) Senegal futbol federatsiyasining apellyatsiyasini qanoatlantirdi va Marokaş terma jamoasini 2025 yilgi Afrika kubogi ğolibligidan mahrum qildi. Bu haqda CAS matbuot xizmati xabar berdi.
Final uçraşuvi 2026 yil 18 yanvar kuni bölib ötgan. Unda Senegal qöşimça bölimlarda 1:0 hisobida ğalaba qozongan edi. Biroq senegallik futbolçilar maydonni 10 daqiqadan ortiq vaqtga tark etgani sababli finaldan 2 oy ötib Afrika futbol konfederatsiyasi uçraşuv natijasi bekor qilib, çempionlikni Marokaş terma jamoasiga berilgandi.
Senegal futbol federatsiyasi uşbu qaror ustidan Sport arbitraj sudiga apellyatsiya kiritdi. CAS esa federatsiya şikoyatini qanoatlantirdi.
Şu tariqa, Senegal terma jamoasi Afrika kubogidagi ikkinçi ğolibligini qölga kiritdi. Jamoa bunga qadar 2021 yilda qita çempioni bölgan edi. Marokaş esa musobaqada faqat bir marta – 1976 yilda ğalaba qozongan.