“Hayron qoldim”. Sindorov Gukeşning kutilmagan öyiniga munosabat bildirdi
Özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov şaxmat böyiça jahon çempionligi uçun bahsning uçinçi partiyasida raqibi Gukeş Dommaraju yaxşi tayyorgarlik körganini va uning kutilmagan öyin uslubidan ajablanganini aytdi. Bu haqda Sindorov öyindan keyingi matbuot anjumanida söz oçdi.
“Bugun raqibim haqiqatan ham yaxşi tayyorgarlik körgan edi. Biz 5...Be7 variantini örganganmiz, ammo unçalik çuqur emas. Şuning uçun hayron qoldim. Men pozitsiyam juda yaxşi deb öylagandim, biroq raqibim puxta tayyorgarlik körgan ekan.Oq donalarda öynaganim uçun ayrim imkoniyatlarni topişga harakat qildim. Partiya oxiriga kelib, pozitsiya mutlaqo teng ekanini anglay boşladim. Vaqt tanqisligi sababli xatoga yöl qöyişimga ham bir baxya qoldi. Ammo yaxşi himoyalanganimdan xursandman”, deydi Sindorov.
Uçinçi partiyada Sindorov oq donalarda öynadi. Şaxmatçilar Rui Lopes debyutining Berlin himoyasi variantini tanlab, deyarli xatosiz öyin namoyiş etdi.
Kompyuter tahliliga köra, har ikki grossmeysterning yurişlar aniqligi 99 foizni taşkil etdi. 60-yurişda şaxmatçilar durangga keldi. Bu vaqtda Sindorovning soatida 14 daqiqa 7 soniya, Gukeşda esa 16 daqiqa 46 soniya vaqt qolgan edi. Uçta partiyadan keyin umumiy hisob 1,5:1,5 körinişida. Törtinçi partiya ertaga, 28 noyabr kuni bölib ötadi. Unda Gukeş oq donalarda öynaydi.