Aliqulov 11 oylik tanaffusdan söng tarkibga qaytdi
Özbekiston milliy terma jamoasi himoyaçisi Husniddin Aliqulov 11 oy davom etgan jarohatidan keyin ilk bor Turkiyaning “Rizespor” klubi öyini qaydnomasiga kiritildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Keça, 27 noyabr kuni Turkiya Superligasining 13-turi doirasida “Rizespor” öz maydonida “Kasimpaşa”ni qabul qilib, 3:2 hisobida ğalaba qozondi. Aliqulov uşbu uçraşuvni zaxira örindiğida ötkazdi.
Uçraşuvdan keyin bölib ötgan matbuot anjumanida “Rizespor” jamoasi boş murabbiyi Rejep Uçardan jarohatdagi futbolçilar haqida söralganda, murabbiy Husniddin Aliqulov safga qaytganligi va bundan xursand ekanligini aytib ötdi.
“Jamoamizda jarohat olgan 4-5 nafar futbolçi bor. Biroq tarkibdagi har bir öyinçi biz uçun qadrli. Aliqulov 11 oy içida ilk bor zaxira örindiğidan joy oldi. Bu esa bizni xursand qildi”, deydi “Rizespor” boş murabbiyi.
Boş murabbiy şuningdek, jamoadagi boşqa jarohatlangan futbolçilar va yoşlar akademiyasi tarbiyalanuvçilari haqida ham fikr bildirgan.
Malumot uçun, Husniddin Aliqulov joriy yilning 19 yanvar kuni “Gyoztepe” bilan öyinda jiddiy jarohat olgan edi. Şundan söng Aliqulov jarrohlik amaliyotini boşlan ötkazgan va joriy yilning yozida bölib ötgan Jahon çempionatida Özbekiston milliy terma jamoasiga yordam berolmagandi.