Nursulton Röziboyevning UFC’dagi jangi bekor qilindi
16-08-2025, 12:16
459 марта

Nursulton Röziboyevning UFC’dagi jangi bekor qilindi
Özbekistonlik UFC jangçisi Nursulton Röziboyev va amerikalik Brayan Battl örtasida ertaga, 17 avgust kuni AQŞning Illinoys ştati Çikago şahrida ötkazilişi rejalaştirilgan jang bekor qilindi. Bu haqda UFC ligasi matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilişiça, Brayan Battlning örta vazn toifasi uçun vazni yetmagan. Qayd etiş joiz, Röziboyev va Battl örtasidagi jang UFC 319 turniri kartasidan sönggi bir neça kun içida tuşib qolgan uçinçi jang böldi.
Malumot uçun, UFC 319 turniri ertaga, 17 avgust kuni bölib ötadi. Turnirning asosiy jangida örta vazn toifasi çempioni Drikus Dyu Plessi va Xamzat Çimayev oktagonga çiqadi.
Röziboyev MMA’da professional jangçi sifatida 2014 yilda debyut qilgan, 2023 yilda esa UFC’ga qöşilgan. Uning statistikasida 36 ta ğalaba, 9 ta mağlubiyat mavjud. Bundan taşqari bir jang durang bilan yakunlangan, yana ikki jang esa ötkazilmagan, deb topilgan.