Hakim Fuzaylov: "Xorazm"ni Superligada olib qolişga harakat qilamiz, boşqa yölimiz ham yöq"
18-08-2025, 23:54
414 марта

Hakim Fuzaylov: "Xorazm"ni Superligada olib qolişga harakat qilamiz, boşqa yölimiz ham yöq"
"Xorazm" boş murabbiyi Hakim Fuzaylov Superliganing 19-turidan örin olgan "Qizilqum" (0:1) bilan uçraşuvdan söng fikrlari bilan örtoqlaşdi."Birinçi navbatda bugun stadionni bayramona holatga tayyorlaşganini aytib ötmoqçiman. Yutqazganimiz alamli böldi, albatta. Umuman olganda "Qizilqum" qarşi hujumlarga tayanişini va "avtobus" qöyişini bilar edik. Bugun nafaqat himoya, balki yarim himoyaçilarimiz ham kutilgan öyinni körsata olişmadi. Biz yaratgan vaziyatlarimizdan foydalana olmadik, raqib esa imkoniyatni qöldan boy bermadi. Muxlislar, rahbariyatga bayram taqdim qilmoqçi edik, lekin bu - futbol.
Bu yil köplab öyinlarda muxlislar qarşisida öynadik. Yigitlarga hayajonga berilmaslikni aytgandim. Ilk daqiqalardan xatolarga yöl qöydik. Birinçi bölimdayoq özgariş ham qilmoqçi edim. Qaysidir manoda özimizga öxşamadik. Jamoamiz har bir öyinda futbol öynamoqda, harakat qilmoqda.
- Maydon çimi borasida fikringiz. Bu jamoaga ustunlik beradimi?
- Bu haqida gapiriş qiyin, çunki ertaga Toşkentga yöl olamiz va tabiiy maydonda OKMKga qarşi tayyorlanamiz. Bu yerga suniy maydonga qaytdik, bu öziga yaraşa qiyin. Raqib bir kun oldin kelib maşğulot ötkazib yutib ketdi. Suniy maydon keyin tabiiy moslaşişda muammolar bölişi mumkin. Bugungi öyin körsatdiki öynaş va yutiş ham mumkin. Jamoani Superligada olib qolişga harakat qilamiz. Boşqa yölimiz qolmagan.