Özbekiston Turkmaniston ustidan ğalaba qozondi
2-09-2025, 21:34
420 марта

Özbekiston Turkmaniston ustidan ğalaba qozondi
Bugun, 2 sentyabr kuni Özbekiston milliy terma jamoasi Turkmanistonga qarşi töp surdi va 1:2 hisobda ğalaba qozondi.CAFA Nations Cup-2025 musobaqasi doirasida bölib ötgan öyin Toşkentdagi ”Olimpiya” stadionida ötkazildi. Turkmanistonga qarşi öyin 1:2 hisobida yakunlandi. Dastlab, 37-daqiqada Özbekiston terma jamoasi azosi Igor Sergeyev hisobni oçdi. 44-daqiqada ham Sergeyevning özi penaltidan gol urib, hisobni 0:2 körinişiga keltirdi. Raqib jamoadan esa, Didar Durdiyev 83 daqiqada penaltidan Özbekiston darvozasiga gol kiritdi va hisob 1:2 körinişiga yetdi.
Malumot uçun, CAFA Nations Cup-2025 musobaqasida 8 ta milliy terma jamoa iştirok etmoqda. Öyinlar Toşkent va Tojikistonning Duşanbe şahrida bölib ötadi.
Özbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi öyinni 5 sentyabr kuni Qirğizistonga qarşi ötkazadi.
Guruhda 1-örinni egallagan jamoalar 8 sentyabr kuni finalda töqnaş keladi.