«Mançester derbisi»: «şaharliklar»ning ğalabasiga Husanov 90 daqiqa hissa qöşdi
15-09-2025, 09:21
158 марта

«Mançester derbisi»: «şaharliklar»ning ğalabasiga Husanov 90 daqiqa hissa qöşdi
«Mançester Siti» öz maydonida «Mançester Yunayted»ni qabul qilib 3:0 hisobida ğalaba qozondi.Hisobni 18-daqiqada Fil Foden oçdi, Erling Holand esa dubl (53 va 68-daqiqalar) bilan ğalabani mustahkamladi va yakunda eng yaxşi öyinçi mukofotini oldi.
Asosiy tarkibda tuşirilgan Abduqodir Husanov töliq öyin ötkazib, bu joy öziniki ekanini ortiği bilan isbotladi va bemalol aytiş mumkinki, turning eng yaxşi himoyaçilaridan biri böldi.
Buni öyindan keyingi matbuot anjumanida Gvardiola aytgan sözlar ham isbotlaydi:
«Kelayotgan 11 oyda har uç kunda öynaşimiz kerak böladi. Husanov barça öyinlarni öng qanot himoyasida ötkazişi imkonsiz — bunga heç kim doş berolmaydi. Bizga barça öyinçilar kerak.
Lekin işonçim komil: uning jismoniy holati zör, u yoş va epçil, örganişdan töxtamasligi kerak. U öz zonasini işonçli yopdi, toza öynadi va töpni deyarli yöqotmadi. Bazida uning energiyasi notöğri qarorlar qabul qilişga undaydi, lekin biz u bilan kelganidan beri bu haqda köp gaplaşamiz — bu vaqt masalasi.
Unda aql bovar qilmas tezlik, diqqatni jamlaş bor va bugun u haqiqatan ham zör öynadi».
Törtinçi turdan söng Gvardiola jamoasi 6 oçko bilan turnir jadvalida 8-öringa kötarildi. «Qizil iblislar» esa 14-örinda (4 oçko).
«Mançester Siti» APLdagi keyingi öyinini 21 sentyabrda Londonda «Arsenal»ga qarşi ötkazadi. Ammo ungaça YeÇL doirasidagi mavsumning ilk öyinida 19 sentyabr kuni öz maydonida «Napoli»ni qabul qiladi.