JAHON ÇEMPIONATIDA XORAZMLIK SAMBOÇILAR MUVOFFAQIYaT QOZONDI
5-10-2025, 19:17
296 марта
JAHON ÇEMPIONATIDA XORAZMLIK SAMBOÇILAR MUVOFFAQIYaT QOZONDI3–5 oktyabr kunlari Indoneziyaning Jakarta şahrida yoşlar va ösmirlar örtasida sambo hamda jangovor sambo böyiça jahon çempionati bölib ötdi.
Uşbu nufuzli musobaqada Özbekiston terma jamoasi murabbiyi Zafar Allabergenov rahbarligida Xorazm viloyati sportçilari ham qatnaşib, yurtimiz şarafini munosib himoya qildilar.
Yoşlar örtasida (sambo yönalişi):
- Matyaqubov Asadbek — 58 kg vazn toifasi, 🥉 bronza medal
- Saparova Ramajon — 59 kg vazn toifasi, 🥉 bronza medal
- Qodirov Ollanazar — 98 kg vazn toifasi, 🥉 bronza medal
Musobaqa dunyo böylab 40 dan ortiq davlat sportçilarini birlaştirdi. Xorazmlik yoş samboçilarning bu yutuqlari nafaqat viloyat, balki butun Özbekiston sport hayotida muhim voqea sifatida baholanmoqda.
Jamoa murabbiysi Zafar Allabergenov takidlaşiça, bu natijalar Xorazm sportida yoşlar tayyorgarligining yuksak darajada ekanligini yana bir bor namoyon etdi.






