Xorazm sportçisi Kamron Şernazarov — Özbekiston kubogi sovrindori!
11-10-2025, 17:04
172 марта
Xorazm sportçisi Kamron Şernazarov — Özbekiston kubogi sovrindori!Navoiy şahrida bölib ötgan sport gimnastikasi böyiça Özbekiston kubogi musobaqasida Xorazm viloyati şarafini himoya qilgan Kamron Şernazarov munosib iştirok etdi.
Yoş sportçi bellaşuvlarda uçinçi örinni egallab, bronza medali sohibi böldi.
Trener — Sabirov Yusufbek
Kamronning muvaffaqiyatida uning murabbiyi Sabirov Yusufbekning mehnati katta. Ular uzoq vaqt davomida maşğulotlar olib borib, kubok musobaqalarida yuqori natija qayd etişdi.
Xorazm sporti uçun navbatdagi yutuq
Bu natija Xorazm sportçilari uçun yana bir iftixorli ğalaba böldi.
Yoş gimnast Kamron Şernazarovning bu muvaffaqiyati viloyatda sport gimnastikasi rivojiga katta turtki böladi, şubhasiz.
Xorazm Bugun jamoasi Kamronni va murabbiyini muborakbod etadi!
#Xorazm #Sport #Gimnastika #XorazmBugun #UzbekistanKubogi #Navoiy #KamronŞernazarov