XORAZMLIK DZYuDOÇILAR “PREZIDENT OLIMPIADASI”NI OLTIN VA KUMUŞ MEDALLAR BILAN BOŞLADI
3-12-2025, 13:28
195 марта
XORAZMLIK DZYuDOÇILAR “PREZIDENT OLIMPIADASI”NI OLTIN VA KUMUŞ MEDALLAR BILAN BOŞLADI“Prezident Olimpiadasi” doirasida ötgan dzyudo böyiça birinçi kun bellaşuvlari Xorazm sporti uçun muvaffaqiyatli boşlandi. Dastlabki kunyoq viloyatimiz dzyudoçilari şohsupadan joy oldi.
Quyida ğolib va sovrindor bölgan yurtdoşlarimiz röyxati:
🥇 1-örin — Uluğbek Qoziboyev (-60 kg)
Xorazm şarafini munosib himoya qilgan Uluğbek barça raqiblarini ortda qoldirib, oltin medalni qölga kiritdi.
🥈 2-örin — Kumişbibi Ergaşbayeva (-52 kg)
Musobaqada juda kuçli çiqiş qilgan sportçimizning kumuş medalga loyiq körilgani viloyatimiz sport maktablari uçun katta yutuq böldi.
🥈 2-örin — Xuşnudbek Sultonov (-55 kg)
Bellaşuvlarda öz mahoratini namoyon etgan Xuşnudbek ham şohsupaning ikkinçi poğonasidan joy oldi.
🥉 3-örin — Maxfira Röziboyeva (-48 kg)
Barqaror va işonçli çiqiş qilgan Maxfira bronza medali bilan taqdirlandi.
Xorazmlik dzyudoçilarning bu natijalari viloyatimizda sportga berilayotgan etibor samarasi ekanini yana bir bor tasdiqlaydi. Sportçilarimizni muborakbod etamiz va keyingi bosqiçlarda omad tilaymiz!





