Superliga-2026 qurasi: “Nasaf” Xorazm jamoasiga qarşi maydonga tuşadi
28-01-2026, 21:04
383 марта
Superliga-2026 qurasi: “Nasaf” Xorazm jamoasiga qarşi maydonga tuşadiBugun, 28 yanvar kuni Toşkent şahridagi “Bunyodkor” stadionida Özbekiston Superligasining 2026 yilgi mavsumiga qura taşlaş marosimi bölib ötdi.
Qura natijalariga köra, Superliganing birinçi turida Qarşining “Nasaf” jamoasi Xorazm viloyati şarafini himoya qiluvçi jamoa bilan kuç sinaşadi. Mazkur bellaşuv yangi mavsumning eng qiziqarli uçraşuvlaridan biri bölişi kutilmoqda.
Malumotlarga köra, Superliga-2026 mavsumi joriy yilning 27 fevral kuni start oladi va 3 dekabr kuni yakuniga yetadi. Ötiş öyinlarining sönggi bahsi esa 12 dekabr kuni bölib ötadi.
Malumot uçun, ötgan mavsumda Farğonaning “Neftçi” jamoasi çempionlikni qölga kiritgan bölsa, Toşkentning “Paxtakor” klubi kumuş medallar, Qarşining “Nasaf” jamoasi esa bronza medallarga sazovor bölgan edi.