Xorazm jamoasi Antaliyadagi yiğin doirasida ilk maşğulotini ötkazdi
31-01-2026, 08:38
209 марта
Xorazm jamoasi Antaliyadagi yiğin doirasida ilk maşğulotini ötkazdiAntaliya, Turkiya. Jamoamiz Antaliya şahrida taşkil etilgan öquv-maşğulot yiğini doirasidagi ilk maşğulotini ötkazdi. Iliq iqlim va zamonaviy sport infratuzilmasiga ega majmuada bölib ötgan maşğulotda futbolçilarimiz yuqori kayfiyat va katta iştiyoq bilan iştirok etişdi.
Dastlabki maşğulot asosan jismoniy tayyorgarlikni oşiriş, umumiy yuguriş maşqlari hamda töp bilan işlaşga qaratildi. Murabbiylar ştabi futbolçilarning holatini sinçkovlik bilan kuzatib, ularning yuklama va maşqlarni bajariş jarayoniga moslaşuvini baholadi.
Qisqa fursat içida yangi muhitga moslaşgan futbolçilar maşğulotni intizomli tarzda olib borişdi. Jamoa içidagi muhit ijobiy bölib, öyinçilarning tayyorgarlik jarayoniga bölgan masuliyatli yondaşuvi yaqqol sezildi.
Antaliyadagi yiğin davomida jamoamizni yana bir qator maşğulotlar, şuningdek, nazorat uçraşuvlari kutib turibdi. Uşbu tayyorgarlik bosqiçi yaqinlaşib kelayotgan rasmiy bellaşuvlar oldidan jamoaning optimal sport formasiga kirib borişida muhim ahamiyat kasb etadi.
Jamoamiz tayyorgarlik jarayonini reja asosida davom ettiradi.







